Puerto-Riko novi

Puerto-Riko novi — Atlantika okeanidagi chuqur suv osti novi, Puerto-Riko orollaridan shimolda. Suv ostidagi Antil tizmasining shim. yon bag’irlari bo’ylab 1070 kilometrga cho’zilgan. O’rtacha kengligi 87 kilometr. Eng chuqur joyi 8742 metr (Atlantika okeanida eng chuqur).