Radiant

Radiant (lotincha radians — nurlanuvchi) — meteor moddalar galasiga tegishli meteorlar (“uchar yulduzlar”) izini orqaga davom ettirganda ular kesishadigan osmon sferasidagi nuqta. Meteor chaqnashi, odatda, Quyosh atrofidan umumiy orbita bo’ylab aylanayotgan Meteorlar oqimida ro’y beradi va bir necha tun davomida osmon sferasining biror qismida kuzatiladi. Osmon sferasida kuzatilayotgan meteor galasidagi meteorlar go’yo Radiantdan chiqayotgandek ko’rinadi.