Rabi (Rabi) Izidor Ayzek
Rabi (Rabi) Izidor Ayzek (1898.29.7, Rimanuv, hozirgi Polsha — 1988) — Amerikalik fizik, AQSh Milliy Fanlar Akademiyasi a’zosi (1940). Kornell universitetini tugatgan (1919). 1929 yildan Kolumbiya universitetida ishlagan (1937 yildar professor). Massachusets texnologiya instituti radiatsiya laboratoriya direktorining yordamchisi (1940-45). Ilmiy ishlari magnetizm, yadro fizikasi, kvant mexanikasi va boshqalarga oid. Rabi atom yadrosining magnit momentini radiochastotali rezonans yo’li bilan o’lchashning yangi usulini ishlab chiqib (Rabi shkalasi) proton va deytronning magnit momentini aniqlagan (1933— 39). Nobel mukofoti laureati (1944).