ARAB-ISROIL URUSHI

ARAB-ISROIL URUSHI (Falastin urushi) (1948 — 1949) — Arab davlatlari (Misr, Iordaniya, Iroq, Suriya, Livan, Saudiya Arabistoni, Yaman) ning Isroil davlati bilan urushi. BMT Bosh Assambleyasining 1947 yil 29 noyabrdagi qaroriga binoan Falastin hududida Arab davlati barpo etilishi kerak edi. Ammo Isroil uning 6,7 ming kvadrat kilometrlik qismini hamda Quddusning g’arbini bosib olgan. Arab davlati uchun mo’ljallangan Falastinning boshqa qismi va Quddusning Sharqiy qismini Iordaniya o’ziga qo’shib olgan. Isroil bosib olgan hududdan 900 mingdan oshiq Arab aholisi quvg’in qilingan. Yarash haqidagi bitim (1949) Arab-Isroil urushi natijasida vujudga kelgan yaqin Sharq mojarosini hal etmadi.