A.A.Sarkisov nomidagi janubiy Mirzacho’l kanali

A.A.Sarkisov nomidagi janubiy Mirzacho’l kanali – kanalning 35 kilometrda Yangier shahri joylashgan, quyi qismi Jizzax shahridan 10-20 kilometr shimolroqdan o’tadi va bir qancha mayda kanallarga bo’linib ketadi. 345 ming gektardan ortiq yerlarni sug’oradi (Sirdaryo viloyatida 153,6 mingga, Jizzax viloyatida 191,8 mingga). Kanalda 80dan ziyod gidrotexnika inshooti, boshqarish shlyuzlari, 6 avtomobil va 4 temir yo’l ko’prigi, 9 suv to’sgich inshoot, 44 quloq, 6 dyuker, 12 sel o’tkazgichlar qurilgan. 1954-71 yillarda Mirzacho’lni o’zlashtirish ishlariga rahbarlik qilgan A. A. Sarkisov (1907— 1971) nomi berilgan.