Abbatlik

Abbatlik (lotincha)-monastirlar tasarrufidagi mol-mulkni boshqaruvchi abbat nomidan olingan; asosan Fransiyada va G’arbiy Yevropaning boshqa mamlakatlarida erkak monaxlar monastiri. Ular yirik feodal xo’jaligi hisoblangan. Abbatlik monastirlari ixtiyorida juda ko’p yer-suv va boshqa boyliklar to’plangan, ular mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotida salmoqli o’rin egallagan. Abbatlik episkopga yoki Rim papasiga itoat etgan. 1789 yilgi Frantsuz burjua revolyutsiyasidan so’ng Abbatlik o’zining avvalgi mavqeini yo’qotdi.