ABBOSIY

ABBOSIY – kumush pulning bir misqolligi. 17-asrda kumush pullarning og’irligi bo’yicha bir misqolga teng bo’lganini Abbosiy, yarim misqolga teng bo’lganini esa shohiy deb ataganlaar. Balx bilan Movarounnahrda asosan yarim misqollik kumush tangalar muomalada yurgan. Bir misqollik kumush tanganing Abbosiy deb atalishi safaviylar sulolasidan Abbos I nomi bilan bog’liq bo’lsa kerak.