ABDULLA ibn BURAYDA MAQBARASI

ABDULLA ibn BURAYDA MAQBARASI — O’rta Osiyo me’moriy yodgorligi (11-asr, me’mori Abu Bakr). Turkmaniston hududida. Vakil Bozor qabristoni yaqinida joylashgan. Murabba tarhli (tashqi 3,8×3,8 metr, ichki 2,6×2,6 metr) maqbara, tomi — Chortoq gumbaz. Peshtoq yuqorisiga naqsh ishlangan, g’ishtin belbog’ida kufiy yozuvi bor. Ichki qismi (devori va ravoqlari) o’yma va islimiy naqshlar bilan bezatilgan, ular orasida nasx yozuvlari saqlangan.