ABDULLO KOTIB

ABDULLO KOTIB (19-asrning 1-yarmi, Buxoro) — xattot. Abdullo kotib ko’chirgan qo’lyozmalardan Hisomuddin Umar Buxoriyning “Voqeoti Hisomiy” (1820), Rukniddin Sheroziyning “Sharx ul-Fusus” (1821), Abdulqodir Bedilning “Chahor unsur” (1824), Husayn Koshifiyning “Anvori Suhayliy” (“Kalila va Dimna”, 1824) kabi asarlari O’zfashida saqlanadi.