Abdulloh ibn Abu Bakr
Abdulloh ibn Abu Bakr – (?-632) – Abu Bakr Siddiq (r.a.)ning o’g’li, Muhammad (s.a.v.)ning qayin inilari. Kunyasi-Abu Abdurahmon. Islomning dastlabki yillarida musulmonlikni qabul qilgan. Hijrat chog’i Muhammad (s.a.v.) birodarlari Abu Bakr Siddiq (r.a.) bilan uch kun Savr g’orida qolib ketganlarida Abdulloh ibn Abu Bakr ularga ham yegulik keltirib, ham mushriklarning ishlaridan xabardor qilib turgan. Keyin u ham Makkadan ketib, muhojir bo’lgan. Makka fathida qatnashgan. Hunayn jangi va Toif qamalida ishtirok etgan. Toifdagi muhosarada o’q tegib, yaralangan.