Abdulloh ibn Huzofa Sahmiy
Abdulloh ibn Huzofa Sahmiy – [?-641 (hijriy 19), Misr]-sahoba. Eron podshohi Xusrav va Vizantiya imperatori Irakliy bilan uchrashgan. Hijratdan so’ng Muhammad (s.a.v.) Eronga islomni qabul qilish taklifi bilan maktub yozgan va uni yetkazish vazifasini Abdulloh ibn Huzofa Sahmiy (r.a.)ga yuklagan. Hijriy 19 yilda Umar ibn Xattob (r.a.) Rumga yuborgan qo’shin tarkibida u ham bo’lgan. U 3 ta hadis rivoyat qilgan. Usmon ibn Affon (r.a.) xalifalik davrida vafot etgan.