Abdulloh ibn Umar

Abdulloh ibn Umar – to’liq ismi Abdulloh ibn Umar ibn Xattob Kurayshiy (r.a.) [taxminan 609-Makka-692 (hijriy 74)]-asxobi kiromlarning eng yuksak olim va mujtahidlaridan. Hijoz fiqhi va huquqining tamal toshini qo’ygan zot. Kunyasi-Abu Abdurahmon. Otasi-xalifa Umar ibn Xattob Kurayshiy (r.a.), onasi-Zaynab bint Maz’un ibn Habib. Abdulloh ibn Umar (r.a.) serfarzand bo’lib, 12 o’g’il va 4 qizi bo’lgan. U nopok va shubhali narsalardan qattiq saqlangan, dunyo muhabbatidan uzoq, har ishda juda diqqatli bo’lgan. Tijorat bilan shug’ullangan. Unga bayt ul-moldan katta maosh tayin qilingan, ammo bu maoshning bir dirhamini ham o’ziga olib qolmay, muhtojlarga taqsimlab bergan. 60 yil fatbo berish bilan shug’ullangan. Abu Hurayra (r.a.)dan so’ng Muhammad (s.a.v.) dan eng ko’p-2630 hadis rivoyat etgan. Otasi Umar (r.a.) bilan Madinaga hijrat qilgan, Uhud, Xandaq, Mu’ta, Yarmuk janglarida, shuningdek, Misrning fath etilishida ishtirok etgan. Usmon (r.a.) vafot etgach, unga xalifalik taklif qilingan, ammo bu rutbadan bosh tortgan. 84 yoshida vafot etgan. Makkada vafot etgan sahobalarning eng so’nggisi.