Abdulloh ibn Ummu Maktum

Abdulloh ibn Ummu Maktum – to’liq ismi Abdulloh ibn Qays ibn Zoida ibn Assom [?-637 (hijriy 15)]-sahoba. Madinaliklar uni Abdulloh, iroqliklar esa Amr deyishgan, kunyasi-Ibn Ummu Maktum. Hadicha (r.a.) tog’asining o’g’li. Yoshligidan ko’zi ojiz bo’lgan. U Muhammad (s.a.v.) jangga chiqqan vaqtlarida, Abdulloh ibn Ummu Maktumni Madinada o’rinbosar va imom qilib qoldirganlar. Hijratdan so’ng u ansorlarga Qur’on va fiqhdan ta’lim bergan. Umar ibn Xattob (r.a.) xalifalik davrida forslar bilan kechgan jangda shahid bo’lgan.