ABDULVADUD AHMAD

ABDULVADUD AHMAD ibn Abdulvosi’ Shoshiy (14-asr) — toshkentlik xattot. 1339 y. Xatiyb at-Tabriziyning “Mishkot ulmasobih” (“Chiroqlar tokchasi”) hadislar to’plamini nasx xati bilan ko’chirgan. Bu qo’lyozma O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.