Abdumalik ibn Marvon

Abdumalik ibn Marvon – to’liq ismi Abdumalik ibn Marvon ibn Hakam [657 (hijriy 37), Madina-705 (hijriy 86), Damashq]-umaviylar sulolasining beshinchi xalifasi. Onasi-Oysha bint Muoviya ibn Valid ibn Mug’iyra ibn Abulos ibn Umayya. Abdumalik ibn Marvon 20 yil [685 (hijriy 66)-705 (hijriy-86)] xalifalik qilgan. Uning davrida barcha viloyatlar yakka xalifalik hukmi ostiga jamlangan. Oltin va kumush tangalarga dastlab “Bismilloh”, keyinchalik “Allohu ahad, Alloh us-samad” degan so’zlarni zarb qildirgan. Shaharlar orasida pochta xizmatini joriy qilgan. Xalifalikni o’g’li Valid ibn Abdumalikka topshirgan.