ABDUQODIR SHUKURIY

ABDUQODIR SHUKURIY Abdushukur o’g’li (Abdushukurov) (1875-1943) — ma’rifatparvar. Samarqand viloyatida birinchi bo’lib yangi usulda maktab ochgan. Abduqodir Shukuriy maktablar uchun “Jomi’ ul-hikoyat” (1907), “Zubdat ul-ash’or” (1907) kabi o’quv qo’llanmalarini yaratgan. M. Behbudiy bilan birgalikda maktablar uchun dastur tuzgan. 1917 yil to’ntarishidan keyin ham xalq maktablari va o’qituvchilar kurslarida muallimlik qilgan.