ABDURAHMONOV G’anijon Abdurahmonovich kim bo’lgan?

ABDURAHMONOV G’anijon Abdurahmonovich (1925.3.12, Farg’ona) — tilshunos, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (2000), Filologiya fanlari Doktori (1960), professor (1966). Farg’ona pedagogika institutini tugatgan (1946). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi til va adabiyot intida sektor mudiri (1958-66). Farg’ona pedagogika instituti rektori (1966-71), O’zbekiston Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri (1971-78), Toshkent chet tillar in tining rektori I (1978-83). Toshkent pedagogika instituti I rektori (1983-88), O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi atamashunoslik qo’mitasi raisi (1990-91), O’zbekiston Faning Tilshunoslik instituti bosh ilmiy xodimi (1991-97). Abdurahmonovning asosiy ilmiy ishlari hozirgi zamon o’zbek adabiy tilidagi qo’shma ran sintaksisi asoslari, milliy tillarning taraqqiyoti masalalariga bag’ishlangan. Bir qancha darslik va qo’llanmalar tuzgan: “O’zbek tilining tarixiy grammatikasi”, 1973; “Qadimgi turkiy til”, 1982; “O’zbek tili”, 1993; “Ona tili”, 1995; “O’zbek tili va adabiyoti”, 1995.

Leave a Reply