ABDURASULOV Jo’ra Majidovich kim bo’lgan?
ABDURASULOV Jo’ra Majidovich (1921.5.8 – Toshkent – 1990.9.10) -rentgenolog, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1964), tibbiyot fanlari Doktori (1952), professor (1954). Sammi rentgenologiya kafedrasining dotsenti (1948— 51), 1952 yildan Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining kafedra mudiri, O’zbekiston rentgenologiya, radiologiya va onkologiya ilmiy tadqiqot instituti direktori (1958-76). Abdurasulovning asosiy ilmiy ishlari ultratovush diagnostikasi, to’g’ri ichak rakining rentgenodiagnostikasi va ko’p sonli rak kasalligi muammolariga oid. U rakka qarshi va radiologiya sohasidagi xalqaro anjumanlarda qatnashgan.


