ABDURAZZOQOV ABDUG’ANI
ABDURAZZOQOV ABDUG’ANI (1930.8.1, Toshkent viloyati Qibray shaharchasi) — kimyogar olim, O’zbekiston Respublikasi fan arbobi (2001), tarix fanlari Doktori (1993), professor (2003). O’rta Osiyo politexnika institutini tugatgan (1956). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix va arxeologiya institutida laboratoriya mudiri (1966— 71), direktor o’rinbosari (1972-79), ayni vaqtda bo’lim mudiri (1971— 98), bosh mutaxassis (1998 yildan). Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn institutida professor (1997-98), kafedra mudiri (1998 yildan). Ilmiy ishlari tarixiy yodgorliklarni (arxeologik, me’moriy, san’at asarlari) kimyoviy-texnologik usullar yordamida tadqiq qilish orqali qadimgi davr hunarmandchiligining bosqichlari, yo’llari va sir-asrorlarini o’rganishga oid. Abdurazzoqov rahbarligida O’rta Osiyoning shishasozligi, metallurgiya, keramika, qurilish materiallari, mineral bo’yoqlar tarixi o’rganildi. loytuproqdan yasalgan qadimgi yer osti inshootlarini qotirish va saqlashning yangi kimyoviy usullari topildi. As: Steklodelie Sredney Azii v drevnosti i srednevekove, T., 1963 (v soavtorstve); Srednevekovie stekla Serdney Azii. T., 1966 (v soavtorstve); Restavraiiya nastenngx ros-pisey Afrasiaba, T., 1975 (v soavtorstve).