Abolitsionizm

Abolitsionizm (lotincha abolition-yo’qotish, bekor qilish so’zidan)-1) qora tanlilarni qullikdan ozod qilish harakati. Abolitsionizm XVIII asrda AQSh, Fransiya va Buyuk Britaniyada paydo bo’lib, XIX asrning 1-yarmida avj olgan. AQShdagi Abolitsionizm jamiyatlari quldorlikka qarshi targ’ibotni kuchaytirdilar. Abolitsionizm ziyolilar, fermerlar va ishchilarni birlashtirdi. U 1861-1865 yillarda AQShda bo’lib o’tgan fuqarolar urushini tayyorlashda muhim rol o’ynadi. Mazkur urush natijasida AQSh janubidagi quldorlikka chek qo’yildi; 2) Buyuk Britaniya, Fransiya va boshqa mamlakatlarda mustamlakalrdagi quldorlikni bekor qilish uchun olib borilgan kurash harakati.