ABONENTLAR TELEGRAF ALOQASI

ABONENTLAR TELEGRAF ALOQASI — telegraf apparatlari orqali korxona va muassasalar o’rtasida mustaqil telegraf aloqasi o’rnatish. Abonentlar telegraf aloqasi o’rnatish uchun avtomat yoki dastaki telegraf st yasi va telegraf apparatlaridan tashqari maxsus chaqirish va raqam terish moslamalari ham bo’lishi kerak. Telegraf apparatlari aloqa liniyasi (yo’li) orqali telegraf stansiyasiga ulanadi. Telegraf stansiyasining ishlash tarzi avtomat telefon stantsiya (ATS)ning ishlash tarzidan farq qilmaydi. Abonentlar telegraf aloqasi axborotlarni kecha-kunduz ayirboshlash imkoniyatini beradi.