ABRAZIV ISHLOV BERISH
ABRAZIV ISHLOV BERISH – abraziv asboblar yordamida metallar, shisha, yog’och va boshqa materiallarga mexanik ishlov berish. Abraziv ishlov berish jumlasiga silliklash va yaltiratish, xoninglash, ishqalash, charxlash, o’lchamiga yetkazish va boshqa usullar kiradi.