Abrazivli materiallar

Abrazivli materiallar – metal, yog’och, shisha, plastmassa va boshqa materiallarni mexanik qayta ishlash (silliqlash, o’tkirlash va hokazolar) uchun bo’lak shaklida yoki maydalangan holda ishlatiladigan qattiq jinsli (tabiiy va sun’iy) materiallar. Tabiiy abraziv materiallar – olmos, korund, najdak, granat, kvarts, pemza; sun’iy materiallar-elektrokorund, karborund, sintetik olmos, bo’r karbidi va boshqalar.