ABSENTEIZM
ABSENTEIZM (lotincha absentia — qatnashmaslik, bosh tortish) — 1) saylovchilarning vakillik organlari yoki mansabdor shaxslarni saylashda, yig’ilishlarda va hokazolada qatnashishdan bosh tortishi; aholining o’z fuqarolik huquqlarini amalga oshirishga befarq qarashi. Absenteizm saylov tizimi nodemokratik ko’rinishiga qarshi aholi noroziligining bir shakli; 2) qishloq xo’jaligini yuritishning sharti sifatida erning o’z egasidan ajratib qo’yilishi. Bunda yer egasi — absenteist ishlab chiqarish jarayonida qatnashmay pul daromadi (renta yoki foyda shaklida) oladi. Bu bilann yer daromadlari qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi sohasidan ajratiladi va absenteistlarning yashash manbaiga aylanib qoladi. Dehqonchilik Absenteizm Lotin Amerikasida eng ko’p tarqalgan.