Abu Isxoq Sheroziy

Abu Isxoq Sheroziy – to’liq ismi Abu Isxoq ibn Ali ibn Yusuf Sheroziy Feruzobodiy [1003 (hijriy 393), Feruzobod-1083 (hijriy 476), Bag’dod] mashhur faqih. Sherozda Abu Abdulloh Bayzoviy, Bag’dodda Abu Toyyib Tabariy, Abu Bakr Barqoniy singari olimlardan tehsil olgan. Nizomulmulkning taklifiga ko’ra Bag’dod madrasasini boshqargan va umrining oxiriga qadar u yerda dars bergan. Olim “Muhazzab” (“Tartiblangan”), “Tanbih”, “Kitob ul-mulaxxas” (“Qisqa bayon qilingan kitob”), “Al-Mauna fi-l-jadal” (“Bahs qilishda ko’mak”), “Tabaqot ul-fuqaho” (“Faqihlar tabaqalari”), “Kitob un-nukat” (“Qiziqarli foydalar kitobi”), “Tabsira fi usul al-fiqh” (“Usul al-fiqh haqida mulohaza”) va boshqa asarlar muallifi. Asarlarining qo’lyozmalari Berlin, Leyden, Qohira, Bodlean, Gyottingen, Eskurial (Ispaniya) kutubxonalarida saqlanadi.