ABU JA’FAR XOZIN

ABU JA’FAR XOZIN Muxammad ibn Husayn Sag’oniy (Chag’oniy) Xurosoniy (10-asr) — riyoziyotchi va falakiyotshunos olim. O’zidan oldin o’tgan allomalarning asarlarini puxta o’rgangan, o’zi ham ilmiy ijod bilan shug’ullangan, astronomik kuzatuvlar olib borgan. “Kitob Zij us-Safoix”, (“Gardishlar Ziji kitobi”). “Sharh kitob “usuli handasiy Iqlidus” (“Evklidning “usuli handasiy” kitobi sharhi”), “Tafsir maqolai oshira Iklidus” (“Evklidning “O’ninchi maqolasi” tafsiri”) kabi asarlari bor. Hayotining oxirgi yillarida Ray shahrida (Eron) yashagan.