ABU MANSUR HASAN

ABU MANSUR HASAN ibn Nuh Qumriy — tib olimi. Somoniylar amiri Mansur Ibn Yahyoning shaxsiy tabibi bo’lgan. Abu Mansur Hasan buxorolik bo’lgani uchun “Buxoriy” nisbasi bilan ham tanilgan. Abu Mansur Hasan tabobat ilmida Ibn Sinoshsht ustozi. “Kitob ilal ul-ilal” (“Kasalliklar sabablari kitobi”), “Kitob g’ino va mano” (“Hayot va o’lim haqida kitob”) kabi Arab tilida yozilgan bir qancha asarlarning muallifi. Bularning keyingisi esa inson organizmida paydo bo’ladigan har xil kasalliklar, ularning dorilari va davolash usullariga bag’ishlangan. Bu asarning bir qo’lyozma nusxasi O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.