Abu Muqotil Hafs ibn Salm Samarqandiy
Abu Muqotil Hafs ibn Salm Samarqandiy – [?-823 (hijriy 208)] Abu Hanifaning shogirdi. U g’oyat taqvodor, butun vujudi bilan zuhdga berilgan kishi sifatida nom chiqargan. Xurosonda bo’lganida xalifa Ma’mun fiqhiy masalalar yechimida uning bilimiga yuqori baho bergan. “Kitob ul-olim val-muta’allim” (“Ustoz va shogird kitobi”) asarining muallifi. Asarda ustoz-shogird savol-javoblari orqali kalom ilmi masalalariga oid ma’lumotlar beilgan va u muhim manbalardan biri sifatida qadrlangan.