ABU SAIDXON

ABU SAIDXON (? – 1533) – shayboniylardan. Ko’chkunchixonning o’g’li. Buxoro xoni (1531-33). Abu Saidxon davrida Movarounnahrda Shayboniylar o’rtasida Buxoro va Samarqand taxti uchun o’zaro nizolar davom etgan. U mashhur tasavvuf olimi bo’lmish o’z vaziri Ofoq Xojaning muridi edi.