Abu Shujo Ro’zrovardiy
Abu Shujo Ro’zrovardiy – Zahiriddin Muhammad ibn Husayn (1045, Ahvoz-1095, Madina) tarixchi, davlat arbobi. Fiqh, hadis, til va tarix sohasida, xususan, somoniylar tarixiga oid bir qancha asarlar yozgan. 1076 yilda xalifa Muqtadiy (1075-94) tomonidan vazirlikka tayinlangan. Uning davri ba’zi soliqlar yengillashtirilgan. U o’z yerlarini vaqfga ajratib, masjid va madrasalar qurdirgan. Sunniylar va shialar o’rtasidagi nizolarni bartaraf qilgan.