ABU TAMMOM

ABU TAMMOM (taxminan 796, Damashq – 843, Mosul) — Arab shoiri. Asosan qasida yozgan. Arab she’riyatidagi “Qadimga qaytish” harakatining asoschilaridan. Abu Tammom o’z davrida xalq ijodi asosida turli she’riy to’plamlar, tazkiralar ham yaratgan. 7 ta tazkirasi ma’lum. Bizgacha “Kitob ul-Hamosa” (“Jasorat kitobi”) va “An-naqoid jorir va al-Axtal” (“Jarir va al-Axtalning hajviyalari”) asarlari yetib kelgan. Beruniy o’z asarlarida uning she’rlaridan ko’plab namunalar keltirgan va she’r yozish uslubini tahlil qilib, “Qofiyat al-alif min al itmom Fi she’r Abu Tammom” (“Abu Tammom she’rlaridagi alif qofiyasi sharhi”) nomli sharh yozgan.