ABU TOHIRXOJA SAMARQANDIY
ABU TOHIRXOJA SAMARQANDIY (Mir Abu Tohir ibn Qozi Abu Sa’id Sadr Samarqandiy) (7-1874) — tarixchi. Axloqqa oid “Axloqi Muzaffariy” (“Muzaffar axloqi”) asari Buxoro amiri Muzaffarga bag’ishlangan. Unda Muzaffarning axloqiy qarashlari va yurish-turishlari bayon qilingan. “Samariya” asarida Samarqandning qadimgi davrdan to 19-asrgacha bo’lgan tarixi tasvirlangan.