ABU UBAYDULLO
ABU UBAYDULLO Muhammad ibn Sultonxo’ja (Eshonxo’ja Qori Toshkandiy) (1804—?) — tarixchi. Qo’qon xonligining Toshkentdagi noibi huzurida Mirzo va boj yig’uvchi vazifalarida ishlagan (1860 yilgacha). U “Xulosat ulahvol” (“Ahvollar xulosasi”) kitobini yozgan. Unda Qo’qon xonligining 19-asr 2-yarmiga doir tarixi yoritilgan.