Abulfazl maqbarasi, Saraxs bobo maqbarasi

Abulfazl maqbarasi, Saraxs bobo maqbarasi – me’moriy yodgorlik (11-asr). Hozirgi Turkmaniston hududida. Din arbobi Abulfaz (vafoti 1023) qabri ustida qurilgan. Murabba (tomonlari teng to’g’ri to’rtburchak) tarhli bino (10,20×10,20 metr). Qalin devorining yuqori-to’rt tomonidan ham ravoqli darchalar bor. Qo’sh gumbazli, gumbaz doirasimon asos ustiga o’rnatilgan. Ichkarisining dastlabki shakli saqlanmagan. 15-asrda ta’mir etilganda qisman o’zgargan (ganch suvoq qilingan, muqarnaslar bilan bezatilgan).