ABULFAZL MUHAMMAD SAMARQANDIY
ABULFAZL MUHAMMAD SAMARQANDIY (Imom Abulfazl Muhammad ibn Abduljalil ibn Abdulmalik ibn Ali ibn Haydar) (12-asr) — tarjimon, tarixchi. Abulfazl Muhammad Samarqandiy ustozi Najmuddin Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad an-Nasafiy as-Samarqandiyning “Kitob ul-qand Fi tarixi Samarqand” (“Samarqand tarixi haqida qand kitob”) nomli Arab tilidagi asarini fors tiliga qisqartirib tarjima qilgan va uni “Qandiyayi Xurd” (“Kichik Kandiya”) deb atagan.