ABULG’OZIXON
ABULG’OZIXON, Abulg’ozi Muhammad Bahodirxon (18-asr) — mang’itlar sulolasi davrida Buxoroning rasmiy xoni (1758-85). Mang’itlar sulolasining asoschisi Muhammad Rahimxon to’satdan vafot etgach (1758 yil 24 mart), marhum xonning o’g’il farzandlari bo’lmaganligi uchun Buxoro xonligi taxtiga dastlab uning balog’at yoshiga etmagan nevarasi Fozil to’ra o’tqazilgan. Muhammad Rahimxonning amakisi Muhammad Doniyolbiy esa yangi xonga otaliq qilib tayinlangan. Biroq Fozilxon tez orada taxtdan tushirilib, uning o’rniga Abulg’ozixon Buxoro xoni deb e’lon qilingan. Abulg’ozixon o’zining xonlik davrida davlat ishlariga mutlaqo aralashmagan. U faqat rasmiy hujjatlarga o’z muhrini bosish va o’z nomidan tanga chiqarish bilan cheklangan. Ad.: Mirzo Salimbek, Kashko’li Salimiy, Tavorixi muttaqadimin va muttaaxirin, Buxoro, 2003.