ACHCHIQKO’L KOLLEKTORI

ACHCHIQKO’L KOLLEKTORI – Farg’ona vodiysidagi eng yirik kollektorlar tarmog’i, Achchiqko’l va shimoliy Bag’dod kollektorlaridan iborat. 1970 yilda ishga tushirilgan. Achchiqko’l kollektori qurilishi bilan oldindan ishlab kelayotgan juda ko’p katta-kichik kollektorlar unga tutashtirildi va qadimdan hamda yangi o’zlashtirilgan yerlardagi umumiy uzunligi 4,6 ming kilometr bo’lgan drenajlarning ishi yaxshilanadi. Achchiqko’l kollektori drenaj, sizot suvlarini hamda sug’orishdagi tashlama suvlarni va boshqarilmaydigan soy hamda sel suvlarini ham qabul qilib Sirdaryoga quyadi. Achchiqko’l kollektori Markaziy Farg’ona (asosan, Farg’ona va Namangan viloyatlari) dagi 250 ming gektar yerga xizmat qiladi. Achchiqko’l kollektorining Sirdaryoga quyilish joyida ko’p yillik o’rtacha suv sarfi 101,1 metr/sekund, suvning eng yuqori minerallashuvi miqdori 8,9 gramm/litrni tashkil etadi va yil davomida 2,0 milliard metr kub suvni chiqaradi (1999).