ADAD
ADAD (Arabcha) — o’lchov birligi; son, raqam va miqaorni ifodalaydi. O’zbekistonda ko’proq 30-yillargacha ishlatilgan. O’zbek tili davlat tili mavqeiga ega bo’lgach “tiraj” so’zi (gazeta, kitob nusxalari soni) o’rnida ham Adad atamasi qo’llanilmoqda.
ADAD — momaqaldiroq, shamol va yomg’ir xudosi (Shumerda — Ishkur, Bobil va Ossuriyada — Adabiy-madaniy meros, Shom arameylarida — Xadad, qadimgi Falastin xananeylarida — Addu). Qadimgi Sharqning bir qancha xalqlari dinida mavjud. Bir qo’lida bolg’a, ikkinchi qo’lida yashin bog’lami ko’rinishida tasvirlanadi.