ADAM
ADAM (Arabcha — yo’qlik) — O’rta Sharq falsafasida yo’qlikni bildiradigan tushuncha.
ADAM (Adam) Robert (1728.3.7, Kerkoldi — 1792.3.3, London) — ingliz me’mori va Binokor. 18-asr ingliz klassisizmining yirik vakili. Edinburg universitetida o’qigan (1743 yildan). Yevropa mamlakatlariga sayohatga chiqib qadimgi yodgorliklarni o’rgangan (1754 — 58). 1761 — 68 yillarda Qirollik me’mori. Akasi Jeyms bilan hamkorlikda ratsional mujassamotda chorbog’lar (Londondagi Kenvudxaus, 1767 — 69) va jamoat binolari (Edinburgdagi universitet, 1789 — 93), shahar mavzelari (Londondagi Adelfi, 1768 — 72), 2 — 3 qavatli turar joy binolari va boshqalar qurishgan. Adam qadimgi me’morlikka suyanib, mumtoz uslubdagi nafis bezak shakllaridan foydalangan. Binoning ichki qismini bezash va uy jihozlari joylashishiga katta ahamiyat bergan.