ADELI YERI

ADELI YERI — Sharqiy Antarktidaning chekka qismi, 136° va 142° sharqiy qismi ular orasida joylashgan. Qirg’oqlari Hind okeaniga tutashgan. Iqlimi g’oyatda sovuq, tez-tez dovullar bo’lib turadi. Yer yuzasi qalin muzlar bilan qoplangan. Dengiz sathidan balandligi 2500 metrgacha. A.E. frantsuz dengizchisi J. Dyumon-Dyurvil tomonidan 1840 yilda kashf etilgan va uning xotini nomiga qo’yilgan. 1956 yildan A.E. qirg’og’i yonidagi Petrel orolida Frantsiyaning Dyumon-Dyurvil ilmiy stansiyasi ishlab turipti.