ADENOIDLAR
ADENOIDLAR (Yunoncha aden — bez va eidos — o’xshash) — burun-halqum, asosan, murtak limfa tugunlarining o’sib qalinlashishi. Ko’pincha bolalarda uchraydi. Adenoidlar oqibatida surunkali tumov, dimog’ bilan gapirish, tinch uxlay olmaslik, tishlarning noto’g’ri o’sishi, Evstaxiy nayining bekilib qolishi natijasida ba’zan karlik, zehn va xotiraning susayishi ro’y beradi. Adenoidlarga ko’pincha infektsiya qo’shiladi, unda bronxit, pnevmoniya va boshqalar paydo bo’ladi. Adenoidlar jarrohlik yo’li bilan olib tashlanadi.