ADER
ADER — Sharqiy Antarktidadagi qoyadan iborat burun, Ader yarim orolida Viktoriya yerining shimoliy-Sharqiy chekkasi. 1841 yilda J. Ross boshliq ingliz ekspedisiyasi topgan va do’stining nomi bilan atagan. Ader yonida 1899 yilda K. Borxgrevin boshchiligidagi Britaniya ekspedisiyasi Antarktida materigida qishlab qolgan birinchi Keyp-Ader stansiyasini barpo etdi. Stansiya bir yil davomida faoliyat ko’rsatdi.