ADIGEY TILI
ADIGEY TILI – Rossiya Federatsiyasidagi Adigeya va Qorachoy-Cherkasiya Respublikalarida yashovchi adigey xalqining tili. Kavkaz (iberiy-Kavkaz) tillarining abxazadigey guruhiga kiradi. Adigey tili 4 shevaga bo’linadi: abadzex, bjedux, temirchoy, shapsuch. Undoshlarning ko’pligi bilan ajralib turadi. Lug’at tarkibi asosan bir bo’g’inli so’zlardan tashkil topgan. Yozuvi Kirill grafikasi asosida.