ADINOL

ADINOL (Yunoncha adinos — zich) — albit va kvarsit iborat turli zichlikdagi metasomatik tog’jinsi. Qoramtir mayda donali. Tarkibida bir oz serisit, xlorit va kaltsit bo’ladi. A natriy elementi ishtirokida yoki bu element ishtirokisiz gilli slanets yoki fillitlarning metasomatik o’zgarishi, o’z tarkibidagi materialning qaytadan taqsimlanishi natijasida turli otqindi (asosli) jinslar kontaktida yoki regional metamorfizm oqibatida paydo bo’ladi. Adinol O’zbekiston g’arbidagi metamorfik jinslar orasida keng tarqalgan.