ADIPIN KISLOTA
ADIPIN KISLOTA, ikki asosli organik kislota [NOOS (SN2)4 soon] — rangsiz kristall. Molekulyar modda 146,15. Suyuqlanish temperaturasi 149— 150°, qaynash temperaturasi 265°. Suvda, etil spirtda ko’proq, efirda kamroq eriydi, Tsiklogeksanonni nitrat kislota yoki havo kislorodi bilan marganes tuzlari (katalizator) ishtirokida oksidlab olinadi. U sun’iy tola — neylon ishlab chiqarishda qo’llanadigan asosiy xom ashyodir. Efirlari plastifikatorlar va surkov moylari sifatida ishlatiladi. Etiladipinat — etillangan benzinning oktan sonini oshiruvchi modda, dialliladipinat esa smolalarga qotiruvchi qo’shimcha sifatida qo’llaniladi.