ADJASTER
ADJASTER – sug’urta hodisasi ro‘y berishi munosabati bilan sug’urtalanuvchi tomonidan bildirilgan e’tirozni tartibga solishda sug’urta kompaniyasining manfaatlarini himoya etuvchi jismoniy yoki huquqiy shaxs. U sug’urtalanuvchi bilan unga to‘lanadigan sug’urta qoplamasi miqdorini kelishishga harakat qiladi. Adjaster sug’urta hodisasining ro’y berish sabablarini o’rganadi va tahlil etadi. Ushbu tahlil natijalari bo’yicha sug’urta kompaniyasiga ekspert xulosasini tuzadi hamda avariya komissari funksiyasini bajaradi. Adjaster vazifasini sug’urta kompaniyasining tarkibiy bo’limi yoki ixtisoslashgan tashkilot amalga oshirishi mumkin.