ADLIYA

ADLIYA (arabcha adl – adolat, to’g’rilik, haqqoniylik, odil sudlov, holislik) — sudlov muassasalari, sud tashkilotlari va ular faoliyatini anglatadigan tushuncha. Adliya keng ma‘nodagi huquqdir. O’zbekiston Respublikasida Adliya organlari faoliyatiga O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi rahbarlik qiladi. O’zbekiston Respublikasining qabul qilingan «Sudlar to’g’risida»gi qonuni (1993-yil 2-sentabr) 10-moddasi talabiga ko’ra, Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudi, tuman (shahar) sudlarining faoliyatini tashkiliy jihatdan ta‘minlash sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga bo’ysunishi qoidasiga qatiy rioya qilingan holda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.