ADOLESKARIY
ADOLESKARIY (yangi lotincha adolescaria, lotincha adolesco — o’saman, yiriklashaman) — ayrim so’rg’ichli yassi chuvalchanglar, masalan, jigar qurtining so’nggi lichinkali davri. Adooraliq xo’jayin (mollyuska) tanasidan suvga chiqadigan suv o’tlari, suv buyida o’sadigan o’simliklar yoki suv tubidagi narsalarga yopishib dumini tashlashi tufayli hosil bo’ladi. Tserkariyning Adoleskariyga aylanish jarayoni tsistogoniya deyiladi. Suv yoki oziq bilan asosiy xujayin (o’txo’r hayvonlar, ba’zan odam va boshqa sut emizuvchilar) organizmiga o’tgan Adoleskariydan voyaga yetgan parazit rivojlanadi.