Ad’yutan

Ad’yutan (lotincha adjutans – yordam beruvchi)-1) boshliq (komandir, qo’mondon) huzurida turli topshiriqlarni bajaruvchi harbiy xizmatchi (zobit); 2) podsho Rossiyasi armiyada shtab va boshqarmalarda harbiy devon mutasaddisi bo’lgan zobit lavozimi (katta polk, batalon va divizion Ad’yutan); XVII asr 2-yarmida yasovul nomi bilan Rossiyada joriy etilgan, 1716 yilgi Harbiy Nizom bilan rasmiylashtirilgan; 3) monarx (podsho, imperator) huzuridagi harbiy mansablardan biri. General mansabidagi Ad’yutan general- Ad’yutan deb, zobit mansabidagi fligel- Ad’yutan deb atalgan.