ADYUTANT

ADYUTANT (lotincha adjutans – yordam beruvchi) — 1) boshliq (komandir, qo’mondon) huzurida turli topshiriqlarni bajaruvchi harbiy xizmatchi (zobit). 2) podsho Rossiyasi armiyasida shtablarda harbiy devon mutasaddisi bo’lgan zobit lavozimi (katta polk, batalon va divizion Adyutanti); XVII asr ikkinchi yarmida yasovul nomi bilan Rossiyada joriy bo’lgan, 1716-yil harbiy nizom bilan rasmiylashtirilgan; 3) monarx (podsho, imperator) huzuridagi harbiy mansablardan biri. General mansabidagi Adyutant general Adyutant deb, zobit mansabidagi – fligel Adyutant deb atalgan.